Beton har qanday hajmda, har qanday ob-havoda o'z vaqtida.

Pochta: info@durablebeton.uz

Biz haqimizda

“Durable Beton” MCHJ — bu xalqaro standartlar asosida beton qorishmalari, temir-beton mahsulotlari va beton toshlarni ishlab chiqaruvchi zamonaviy zavoddir. 2019-yilda zavod ISO 9001:2015 standartiga muvofiqlik bo'yicha sifat menejmenti tizimi auditidan muvaffaqiyatli o'tgan.

Zavod «Durable Stone», «Durable ЖБИ» va «Durable Beton» savdo belgilari ostida mahsulotni ishlab chiqaradi.

Shunga ko'ra, ushbu brendlar ostida kompaniya quyidagilarni ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shug'ullanadi:
  • B7.5 (M100)-B60 (M800) klassidagi beton qorishmalari
  • Temir-beton mahsulotlari
  • Vibropresslangan trotuar plitkalari

“Durable Beton” kompaniyasi o'z logistika markaziga ega bo'lib, Toshkent va Toshkent viloyati bo'ylab mahsulot yetkazib berishni tashkil etadi. Bu 120dan ortiq yangi texnikaga ega kompaniya avtomobil parki evaziga amalga oshirilishi mumkin.